Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston Milliy Universiteti talaba qizlari ekanligi aytilgan bir guruh qizlar universitet binosi oldida «miting» ötkazgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Turli telegram kanallari «Milliy Universitet qizlari milliylikka qarşi miting ötkazibdi», kabi xabarlar qoldirdi. Şuningdek, tarmoqlarda qizlarning «miting ötkazgani» iddao qilingan postlar ham joylandi.

Ayrim blogerlar qizlarning taşabbusini qöllab-quvvatlaşi haqida yozdi.

Kun.uz voqeaga oydinlik kiritiş maqsadida ÖzMU matbuot xizmati bilan boğlandi.

«2021 yilning 24 noyabr kuni «Birgalikda zöravonlikni yengamiz» xalqaro forumida Saida Mirziyoyeva, Tanzila Norboyeva va boşqa davlat faollari «Zöravonlikka qarşi 16 kunlik faol sa'y-harakatlar» kampaniyasining 25 noyabrda boşlanişi haqida ma'lumot berişdi.

Şu munosabat bilan 2021 yil 25 noyabr kuni Özbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti «Ijtimoiy iş» kafedrasi professor-öqituvçilari va talabalari tomonidan «Zöravonlikka qarşi birgalikda kuraşamiz» şiori ostida tadbir ötkazildi», — dedi axborot xizmati rahbari Sitora Nasrillayeva.

Uning qöşimça qilişiça, tarmoqda tarqalgan plakatlar ayni şu tadbirda talabalarga tarqatilgan.

«Tadbirda talabalar iştirokida mavzuga oid fleşmoblar taşkillaştirildi, devoriy gazetalar, videoroliklar namoyiş etildi, xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikning u yoki bu körinişi uçun qonunda belgilangan jazolar haqida atrofliça ma'lumot berildi. Şuningdek, «Zöravonlikka yöl yöq» rukni ostida plakatlar va tarqatma materiallar tayyorlandi va talabalarga tarqatildi», — dedi S.Nasrillayeva.