Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati Toşkent şahrida qizamiq kasalligiga gumon qilingan 290 ta holat qayd etilgani, şuningdek, bemorlar bilan muloqotda bölgan 10 ming nafardan ziyod şaxs röyxatga olingani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

«Ayni paytda Toşkent şahrida va butun mamlakat böylab qizamiq kasalligi bilan boğliq epidemiologik vaziyat barqaror. Xavotirlanişga heç qanday asos yöq.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan raqamlar esa 2026-yilning ötgan töqqiz oyi davomida qayd etilgan jamlanma körsatkiçdir. Şu bois, mazkur raqamlarni qisqa vaqt içida aniqlangan yoki ayni kundagi holat sifatida talqin qiliş töğri emas», – deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, qizamiq bilan kasallaniş körsatkiçi 2025-yilning şu davriga nisbatan 40 foizga kamaygan.

«Şunday ekan, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilaridan maʼlumotlarni notöğri talqin qilmaslikni söraydi», – deyiladi xabarda.

Maʼlumot uçun, joriy yilning ötgan töqqiz oyi davomida Toşkent şahrida rejali emlaş doirasida 47 ming 494 nafar 1 yoşli va 42 ming 767 nafar 6 yoşli bola KPK (qizamiq, epidparotit, qizilça) vaksinasi bilan emlangan.