The Hans India naşri xabariga köra, 1-oktabr kuni Haydarobodning Gaçibouli hududida politsiya Odam savdosiga qarşi kuraşiş bölinmasi xodimlari bilan hamkorlikda mehmonxonada reyd ötkazgan.
Tadbir çoğida huquq-tartibot idoralari xodimlari Rammoxan Reddi va Nikxil ismli ikki şaxsni uşlagan. Ular mehmonxonadan xonalar olib, mijozlarni jalb qiliş orqali noqonuniy faoliyatni taşkil etganlikda gumon qilinmoqda.
Kun.uz uşbu xabarga oydinlik kiritiş maqsadida Özbekiston Taşqi işlar vazirligi bilan boğlandi. Vazirlikning maʼlum qilişiça, Haydarobod şahrida odam savdosi töğrisida politsiyaga kelib tuşgan maʼlumot asosida reyd ötkazilgan. Tadbir davomida bir nafar Özbekiston fuqarosi hamda ikki nafar boşqa davlat fuqarolari qutqarilgan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.
Fuqaroning qonuniy huquqlarini taʼminlaş maqsadida mahalliy politsiya organlari bilan rasmiy aloqa örnatilgan. Elçixona iştirokida u Haydarobod şahri Kukatpalli tumanidagi ijtimoiy xizmat boşpanasiga joylaştirilgan.
Fuqaroni vatanga qaytariş masalasi yuzasidan tegişli işlar olib borilmoqda. Taʼkidlanişiça, vaziyat elçixona nazoratiga olingan.











