AQŞning yangi tinçlik rejasi Donbassda demilitarizatsiya zonasini yaratişni nazarda tutadi, deb yozadi The Economist Ukraina rasmiylariga tayanib. Şuningdek, Ukraina NATOga aʼzo bölişdan voz keçişi, buning evaziga investitsiya dasturi va Yevropa Ittifoqiga aʼzo bölişi közda tutilgan. Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumşatiş va Ğarb bilan aloqalarni qisman tiklaş ham taklif etilmoqda. Bu Yevropaga gaz yetkazib berişni qayta tiklaş va «Şimoliy oqim» quvurlari faoliyatini qayta işga tuşirişni ham öz içiga olişi mumkin. The Economist naşri qayd etişiça, bu faqat rejaning «konturlari» bölib, tafsilotlar hali ham nomaʼlum.

Kievda Stiv Uitkoff va Volodimir Zelenskiyning Oslodagi sönggi uçraşuvi kötarinki kayfiyatda qabul qilinmadi, deya qayd etadi «Meduza»ning Ukraina prezidenti ofisiga yaqin bölgan manbasi. Sababi – Rossiya anneksiya qilingan hududlar, jumladan, hali Ukraina nazoratida qolayotgan hududlar ham öziga berilişini talab qilişda davom etmoqda. «Kiev bugunning özida töqnaşuv çiziğida öt oçişni töxtatişga tayyor, ammo bizda konsensus bor: Ukraina öz hududlarini topşirmaydi», – degan naşr suhbatdoşi.

Vladimir Putin ilk bor muzokaralar jarayoniga munosabat bildirdi. Propagandaçi Pavel Zarubinga bergan intervyusida u Moskva «uç tomonlama kontaktlar»ni qayta tiklaşga tayyorligini tasdiqlab, uning maqsadi Ukraina va Rossiya xavfsizligi masalalarini «harbiy harakatlarni töxtatiş natijasida emas, balki yakuniy variantda» muhokama qiliş bölişini taʼkidladi. Ukraina tomonidan hududiy yon beriş masalasida Putin şunday degan: «Bu ularning hududi emas, bu tarixan Rossiya hududi. Şunday ekan, qandaydir hududiy yöqotişlar haqida gapiriş, menimça, örinsiz».

Yevropa Putin bilan muzokaralar olib boriş uçun beş nomzodni körib çiqmoqda, deb yozadi The Telegraph. Ular Italiya boş vaziri Jorja Meloni, Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb, Çexiya prezidenti Petr Pavel, Daniya boş vaziri Mette Frederiksen va Norvegiya boş vaziri (bu davlat Yevropa Ittifoqi aʼzosi emas) Yonas Gar Styore. Naşr manbalariga köra, Bryussel muzokaralarga bir emas, bir neça kişini yuborişi mumkin, bu esa mamlakatlar örtasidagi içki raqobatning oldini oladi.