Köp yillardan buyon Özbekiston Markaziy banki raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Mullajonov Fayzulla Maqsudjonoviç bugun, 23 may kunining ikkinçi yarmida 67 yoşida olamdan ötdi. Bu ma'lumotni Kun.uz saytining bir neça manbalari, xususan Markaziy bankdagi manba tasdiqladi.

Manbalarning bildirişiça, marhum oxirgi yillarda betob edi, uning ölimi şu xastalik tufayli röy berdi.

Mullajonov Fayzulla Maqsudjonoviç 1950 yilda Sirdaryo viloyatida tuğilgandi. 1971 yilda Toşkent xalq xöjaligi institutini tamomlagan Mullajonov 1991 yildan buyon Markaziy bank raisi sifatida işlab kelayotgandi.

Eslatib ötamiz, aprel oyida Özbekiston hukumatida eng köp vaqt bölgan yana bir davlat arbobi Böritoş Mustafoyev 68 yoşida xastalik tufayli olamdan köz yumgandi.