«Bekorga öqituvçilikni tanlabman», deb yiğlagan ustoz

26 yillik pedagogik faoliyati davomida ustoz köplab öquvçilar bilan işladi. Ammo bir öquvçisi bilan boğliq voqea uning xotirasida alohida qolgan.

«Bir öquvçim ranglarni ham ajrata olmasdi. Uni bir hafta davomida alohida ötirib, ranglarni tanişga örgatdim. Bolaning özlaştirişi uçun qölimdan kelganiça harakat qildim. Lekin ota-onasi kelib, “öğlimga qattiqqöllik qilyapsiz”, “öğlimni qörqitib qöygansiz”, degan gaplarni aytdi. Bu menga juda oğir botdi. Çunki şu paytgaça 26 yil davomida bunday öquvçini ham, bunday ota-onani ham uçratmagan edim».

Bu voqea uni bir muddat kasbidan voz keçiş haqida öylaşga majbur qildi. Ammo bolalarga bölgan mehri va kasbiga sadoqati ustun keldi. Ustoz bugun ham ota-ona va öqituvçi örtasidagi tuşuniş muhimligini taʼkidlaydi.

«Özimiz farzandimizdan ortiq mehrni, özimiz farzandimizdan ortiq vaqtni boşqa odamlarning farzandiga bağişlaymiz», - deydi u.

«Har doim bolaning yonida böliş kerak»

Öqituvçi uçun bolaning faqat darsdagi özlaştirişi emas, uning qanday muhitda ulğayayotgani ham muhim. Suhbatdoş ustozning aytişiça, baʼzan yaxşi, odobli va aqlli bolaning ortida soğlom bölmagan oilaviy muhit va qörquv yaşirin bölişi mumkin.

«Şunaqa vaziyatlar böladi: soğlom muhitda katta bölmagan farzandlar uçraydi. Har bitta bola soğlom muhitda katta bölişga va har qanday imkoniyatdan foydalanişga haqli. Bola yaxşi, odobli, aqlli, lekin muhiti soğlom emas. U şu muhitda katta bölyapti, lekin unda qörquv bor. Ana şu qörquvni bartaraf qiliş, bolaga yordam beriş kerak. Bolaning özi bilan oilasi haqida gaplaşib körganman. “Seni heç kim urmaydimi, xafa qilmaydimi?” deb söraganman. Şunaqa bolalarni körganda yiğlagim keladi. Bolalarni qöllaş, ularni eşita oliş kerak. Har doim bolaning yonida böliş kerak», - deydi ustoz.

«Mehrsiz ösayotgan bolalarga juda açinaman»

Ustozning aytişiça, öqituvçilikdagi eng oğir jihatlardan biri - baʼzi ota-onalar farzandi tarbiyasi va taʼlimidagi masʼuliyatni töliq öqituvçi zimmasiga yuklaşi. Bu esa vaqt-vaqti bilan tuşunmovçiliklarga sabab böladi.

«Baʼzan öz bolalarimizni qoldirib, öquvçilar deb kelamiz. Özimizga, şaxsiy hayotimizga vaqt qolmaydi, hatto öz farzandlarimiz ham esimizdan çiqib ketadi. Meni ranjitadigan tomoni - baʼzi ota-onalar hamma narsani öqituvçiga yuklab qöyadi. “Sen qilmading”, “sen öqitmading”, deydi. Holbuki, tarbiya birinçi navbatda uydan beriladi. Bola mehrni xohlaydi, eʼtiborni istaydi. Baʼzi bolalar eʼtiborni öziga jalb qiliş uçun şöxlik qiladi, aytganni qilmaydi. Çunki uyda ololmagan mehr va eʼtiborini maktabda, dars jarayonida bizdan olişni xohlaydi. Katta sinflarda buni unçalik körmaganman. Ular özini tutişni, his-tuyğularini içga yutişni biladi. Kiçik bolalar esa bunday emas. Şuning uçun mehrsiz ösayotgan bolalarga juda açinaman», - deydi ustoz.