Bu yil Andijondagi törtta oliy ta'lim muassasasiga 47 ming 760 nafar abituriyent hujjat topşirgan. 1 avgust sanasidan Andijon olimpiya zaxiralari maktab-internati manejida test sinovlari jarayoni boşlandi.

Test sinovlari 12 kun davomida ikki smenada taşkil etilib, bir smenada 2 ming 40 nafardan abituriyent iştirok etişi közda tutilgan. 

10 avgust kuni Andijon maşinasozlik institutining «Yer usti transport tizimlari» yönalişiga test sinovlari ötkazildi.

Test jarayoniga jami 3973 nafar abituriyent qatnaşişi kerak bölsa, şundan 123 nafari sababsiz kelmagan 15 nafari aniq sabablarga köra test sinovlaridan çetlatilgan. Test sinovlarida 3835 nafar abituriyent iştirok etgan.

Bugungi bölib ötgan jarayonda ham abituriyentlar tomonidan taqiqlangan adabiyot, «şpargalka» va texnik vositalarni auditoriyaga olib kirişga uriniş holatlari kuzatildi.

Kun davomida turli ayyorliklardan foydalanmoqçi bölgan yana bir «zukko abituriyent»ning «ijodkor»ligi foş böldi. Izboskan tumanida yaşovçi  Yu.E birdaniga ikki oliygohning test sinovlaridan ötişga harakat qilgan.

«U keça, 9 avgust kuni Toşkent Agrar institutiga test sinovlari topşirgaç, 10 avgust kuni yuz qiyofasi öziga öxşaş bölgan Böz tumanidan bölgan A.A örniga Andijon maşinasozlik instituti imtihoniga kirişga uringan», deya «Kun.uz»ga xabar beradi Andijon viloyat IIB matbuot xizmati.  

Andijon şahar IIB jinoyat qidiruv bölimi tezkor xodimlari 1- nazorat postidan ötiş paytida şubhali harakatlarini kuzatib, jiddiy tekşiruvdan ötkazganlarida abituriyentning siri foş bölgan. Tanişi institutga kirişi uçun bilimi bilan «kömak» bermoqçi bölgan «zukko abituriyent» endi öz qilmişiga tergovga qadar tekşiruv harakatlarida javob bermoqda.