Doniyor Baxtiyoroviç Qodirov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
U yangi lavozimda Erkinjon Turdimov örnini egalladi – 2025-yil yanvaridan buyon Sirdaryo viloyatini boşqarib kelgan Turdimov şu kunlarda boş vazirning birinçi örinbosari - taʼlim va ilm-fan vaziri etib tayinlangandi.
Doniyor Qodirov muqaddam IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlaş boş boşqarmasiga rahbarlik qilgan, 2018-2019 yillarda IIV Terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş boş boşqarmasi boşliği bölgan.
2021-yil yanvarida prezidentning huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimiga ötgan, 2023-yil avgustida şu soha böyiça maslahatçiga aylangandi.
2025-yil iyulida esa prezident maslahatçisi lavozimini tark etgan va hozirgaça Prezident administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi böyiça departamenti rahbari lavozimida işlayotgandi.












