JIB Mirzo Uluğbek tuman sudida 2025-yil sentabr oyidagi Li 9 va BYD töqnaşuvi böyiça sud qarori eʼlon qilindi. Bu haqda Toşkent şahar sudlari axborot xizmati xabar berdi.

Sudning qaroriga köra, Li 9 haydovçisi 26 yoşli F.J. Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning quyidagi moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilgan:

  • 128-3-moddasi 4-qismi – transport vositalari haydovçilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 60 kilometrdan ortiq kattalikda oşirib yuborişi;     

  • 133-moddasi – transport vositalari haydovçilarining yöl harakati qoidalarini buzişi jabrlanuvçiga yengil tan jarohati yoki ança miqdorda moddiy zarar yetkazilişiga olib kelişi;

  • 135-1-moddasi 1-qismi – transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş töğrisidagi qonunçilikning talablarini buziş.

Unga uzil-kesil 6 mln 180 ming söm jarima jazosi belgilangan. Huquqbuzar tomonidan jabrlanuvçiga yetkazilgan moddiy zarar qoplanganligi eʼtirof etilgan.

Qöşimça qilinişiça, manfaatdor tomonga mazkur YTH oqibatida yetkazilgan boşqa moddiy va maʼnaviy zararlarni undiriş masalasida fuqarolik  sudiga murojaat qiliş huquqi hamda taraflarga sud qaroriga nisbatan şikoyat beriş tartibi va muddatlari tuşuntirilgan.

Nima bölgandi?

2025-yil 30-sentabr kuni Mirzo Uluğbek tumanida BYD va Lixiang L9 maşinalari özaro töqnaşişi oqibatida YTH sodir bölgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan foto va videolarda YTH oqibatida Li 9 maşinasi parçalanib ketgani aks etgan.

Uşbu YTH bilan boğliq maʼmuriy iş JIB Mirzo Uluğbek tuman sudida körib çiqilgan. Sudning 2025-yil 23-dekabrdagi qarorida keltirilişiça, BYD boşqaruvida bölgan D.R. öz harakat yönalişini öngdan çapga özgartirişi çoğida F.J. boşqaruvidagi Li 9 maşinasi bilan töqnaşuv sodir qilgan.

Sud hujjatida BYD haydovçisi «Yöl harakati qoidalari»ning 53-bandi, yaʼni «haydovçi harakatlanişni boşlaş, manyovr qiliş (qayta tiziliş, buriliş, qayrilib oliş, quvib ötiş va aylanib ötiş) va töxtaşdan oldin bajarilayotgan manyovr boşqa yöl harakati iştirokçilarining harakatlanişiga xavf tuğdirmasligi kerak» degan talablarni buzgani