XVIII Xalqaro Pekin festivali yakuniga yetdi. Unda iştirok etgan Botir Qodirov ijodiy jamoasi oliy mukofotni qölga kiritdi.

Botir Qodirov bu haqda şunday deydi:
- Erişilgan ğalaba, qölga kiritilgan mukofot menga emas bu buyuk san'atimizga, mamlakatimizga, aziz muxlislarimizga berilgan yuksak bahodir. Biz har gal sahnaga çiqarkanmiz qalbimiz bilan, butun bir vujudimiz bilan bir fikrga doimo amal qilamiz - bu ham bölsa Özbekistonimizning birinçi Prezidenti I.Karimovning “Biz heç kimdan kam emasmiz, kam bölmaymiz ham”, degan fikrlaridir. Bu kabi festivallar hali köp ötkaziladi, nasib qilsa ularning ayrimlarida biz va biz kabi san'atkorlar iştirok etadi. Men bir narsaga aminmanki, qayerda bölmaylik, qaçon bölmasin, ana şu fikr bizga hamişa kuç va ğayrat bağişlab turadi.


Festival davomida Botir Qodirov jamoasiga Şanxay, Xunan va Pekin Xalqaro festivallariga, Yaqin Şarq, Yevropa böylab bir oylik musiqiy turne böyiça ijodiy hamkorlik masalasida takliflar kelib tuşdi. Bir söz bilan aytganda festival çin ma'noda döstlik va hamkorlik bayramiga aylanib ketdi.













