Taniqli aktyor Matyoqub Matchonov amnistiya bilan ozodlikka chiqarildi

31 oktabrda o‘zbek kino va teatrining mashhur aktyori Matyoqub Matchonov O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan amnistiya haqidagi qarorga ko‘ra sud zalidan ozod qilindi. Bu haqda podrobno.uz nashri xabar bermoqda.
Aktyor O‘zbekiston Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan e'lon qilingan amnistiyaga muvofiq ozod qilindi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistga nisbatan bir qator iqtisodiy va moliyaviy jinoyatlarni sodir etganlik ayblovi qo‘yilgandi. U joriy yilning 4 iyulida O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi "Marsa" tijorat tashkilotining asoschisi va rahbari sifatida hibsga olingandi.
60 yoshli aktyorga savdo qoidalarini buzish, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan mahsulotlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, saqlash, tashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi ayblovlar qo‘yilgandi.
Ma'lum qilinishicha, aktyor o‘ziga qo‘yilgan ayblarni inkor etgan.
Biroq tergovdan xabardor bo‘lgan manbalarning aytishicha, Matchonov va "Marsa" xodimlari 180 mln so‘mlik kamomadni qoplab berishgan.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Markaziy Osiyo bilan strategik hamkorligimiz mintaqada geosiyosiy g‘alabani ko‘zlamaydi” – Yevropa Ittifoqi elchisi bilan eksklyuziv suhbat
O‘zbekiston | 22:01
-
Namanganda “biznes”ga aylanayotgan “yezda” va halok bo‘layotgan bolalar: mas’ullar nazoratni yo‘qotdimi?
Jamiyat | 21:44
-
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi
Jahon | 21:41
-
SpaceX AQShning «Oltin gumbaz»i uchun sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish bo‘yicha shartnomani qo‘lga kiritishi mumkin
Jahon | 21:39
Mavzuga oid

22:41 / 22.01.2025
Matyoqub Matchonov tanishini haqorat qilgani uchun javobgarlikka tortildi

20:29 / 30.08.2024
Prezident mustaqillik bayrami arafasida 522 kishini afv etdi

16:05 / 03.08.2024
Sudlar “amnistiya” vositasiga aylantirib olgan modda. Nega jazoning muqarrarligi ta’minlanmayapti?

11:45 / 06.12.2023