Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov uçun xotira muzeyi Toşkent şahridagi Oqsaroy qarorgohi hududida barpo etiladi. Bu haqda TASS axborot agentligi hukumatdagi bir neça manbasiga asoslangan holda xabar berdi.

Ötgan oyda marhum prezidentning ikkinçi qizi Lola Karimova-Tillayeva Facebook ijtimoiy tarmoğidagi sahifasi orqali bu mavzuni kötargandi.

"Otamning xotiralari va hayotda amal qilgan tamoyillarini abadiylaştiriş maqsadida men onam bilan birgalikda Islom Karimov nomi bilan ataluvçi jamoatçilik xayriya Fondiga asos soldik. Fond öz oldiga Özbekistonning birinçi Prezidenti xotirasiga bağişlangan muzeyni taşkil qiliş va Vatanimiz mustaqilligining asosçisi töğrisida maqola va asarlar naşr etişni maqsad qilib olgan", degandi u.

TASS naşri muxbiri suhbatlaşgan manba bu rejalarni tasdiqlagan. Suhbatdoşlardan biri Oqsaroy obekti maxfiyligi darajasi sezilarli darajada pasaytirilganini ma'lum qilgan. 

"Hududga olib boruvçi yöldagi postlar hajmi kamaytirilmoqda", degan u.

Bundan taşqari, ayni vaqtda Şarof Raşidov şohköçasi va Beşyoğoç köçasi orasidagi Afrosiyob köçasining (Oqsaroy qarorgohi yaqinidagi köça - tahr.) har ikki qismi avtomobillar harakatlanişi uçun oçiq. Bu köça bir neça yil ilgari Özbekistonning Birinçi Prezidenti xavfsizligini ta'minlaş maqsadida yopib qöyilgandi.

Hozirda köçada harakatlaniş yölga qöyilgan, ammo köçada keyinroq ta'mirlaş işlari olib borilişi ham mumkin.

Bundan oldingi xabarlarda bu qaror Toşkentda Islom Karimov xotirasiga atab xiyobon, muzey va yodgorlik bunyod etilişi haqidagi xabar bilan boğliqligi aytilgandi.