Özbekiston Respublikasi Prezidentining  Qişloq xöjaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qöşgan yurtdoşlarimizdan bir guruhini mukofotlaş töğrisidagi farmoni imzolandi. 

"Mamlakatimiz qişloq xöjaligi sohasini rivojlantiriş, tarmoqni kompleks modernizatsiya qiliş va işlab çiqariş samaradorligini oşiriş, fermerlik harakatini yangi bosqiçga kötariş, zamonaviy innovatsion işlanmalar va ilğor xorijiy tajribalarni amaliyotga joriy etiş kabi dolzarb masalalar yeçimiga qaratilgan islohotlar özining ijobiy natijalarini bermoqda. 

Öz navbatida, bugungi kunda agrar sohada erkin bozor munosabatlarini joriy etiş, ta'lim, fan va qişloq xöjaligi işlab çiqarişini integratsiyalaş, yer va suv resurslaridan oqilona foydalaniş, tizimni yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlaş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda", deyilgan farmon matnida. 

Qişloq xöjaligi sohasidagi köp yillik fidokorona mehnati, barça qişloq xöjaligi ekinlaridan möl hosil yetiştirib, xalqimizning rizq-rözi va farovonligini, yurtimizning iqtisodiy qudratini va eksport salohiyatini yuksaltiriş, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş işlariga qöşgan salmoqli hissasi, agrar sektorda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oşiriş va davlat dasturlari ijrosini ta'minlaş, yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş, ilğor agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etiş borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol iştiroki uçun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlangan: 
 

«Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan paxtakor»

Xaydarova Zaynab - Narpay tumanidagi «Mehnat-rohat» fermer xöjaligi boşliği, Samarqand viloyati 
 

«Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan qişloq xöjalik xodimi»

Axmedov Muxamad Ismatoviç - Buxoro tumanidagi «Madaniyat Muhammad Ismat» fermer xöjaligi boşliği, Buxoro viloyati 
 

«Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan irrigator» 

Raximov Botir - «Amu-Qaşqadaryo» irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi boşliği, Qaşqadaryo viloyati 

Xamrayev Şavkat Raximoviç - Özbekiston Respublikasi qişloq va suv xöjaligi vazirining suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari