61 yoşli hind milliarderi, Reliance Industries sanoat guruhi rahbari Mukeş Ambani Alibaba Group asosçisi, xitoylik Jyek Mani ortda qoldirib, ilk bor Osiyoning eng boy odami nomini olişga muvaffaq böldi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. 

Ma'lumotlarga köra, hozirda Ambanining boyligi 44,3 mlrd dollarni, Maniki esa 44 mlrd dollarni taşkil qilmoqda. Ambani özining boyligini Reliance Jio Infocomm Ltd. telekommunikatsiya tarmoğini kengaytiriş va neft-kimyo sohasidagi aktivlarini ikki hissa oşiriş hisobiga köpaytira oldi. 

Mukeş Ambani 1957 yilda Yamanning Adanida tuğilgan. U sobiq öqituvçi, Hindistonga poliester importi ortidan boyib ketgan Dxirubxay Ambanining öğlidir.

Foto: Hindustan Times

Ambani 2000-yillar boşida mobil kommunikatsiyalar bilan şuğullana boşlagan, söngra neft-gaz, savdo-sotiq biznesini rivojlantirgan.

Ambani dunyodagi eng katta xususiy uyga ega. Balandligi 173 metrni taşkil qiluvçi uy Mumbayda joylaşgan. Uning qurilişiga 70 mln dollar sarflangan, biroq hozirgi bozor narxi 2 mlrd dollarga yaqinni taşkil qiladi. Osmonöpar bino Atlantika okeanidagi afsonaviy orol şarafiga “Antiliya” deb nomlangan.

Foto: Hindustan Times

 Bino turli balandlikdagi 27 ta qavatdan iborat bölib, har bir qavat balandligi, maydoni va nimaga möljallangani bilan boşqasidan farq qiladi. Bino 8 magnitudali zilzilaga bardoşli qilib loyihalangan. Uyda zinalar yöq, barça harakatlanişlar 9 ta lift yordamida amalga oşiriladi.