Normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida Oliy va örta marta maxsus vazirligi tomonidan işlab çiqilgan “Özbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida ikkinçi va undan keyingi oliy ta'limni oliş tartibini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining rasmiy telegram kanalida aytilişiça, oliy ma'lumotga ega bölgan bakalavr, magistr va diplomli mutaxassis darajasiga ega bölgan şaxslar bakalavriat ta'lim yönalişlari böyiça şartnoma (tölov-kontrakt) asosida ikkinçi va undan keyingi oliy ta'limni olişlari mumkin böladi.
Yangi qaror loyihasida oliy ta'lim muassasalarini davlat granti böyiça öqib tugatganlarga ham ikkinçi va undan keyingi oliy ta'limni oliş imkoniyati beriladi. Abituriyent qabul komissiyasiga boşqa hujjatlar bilan birga oliy ma'lumot töğrisidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan köçirma — Özbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarini davlat granti böyiça öqib tugatganlar uçun) taqdim etadi.
Oliy ta'lim muassasalarida ikkinçi va undan keyingi oliy ta'lim kunduzgi, şuningdek sirtqi ta'lim şakllarida amalga oşirilişi mumkin.
Bunday huquqqa ega oliy ta'lim muassasalari röyxati tasarrufida oliy ta'lim muassasalari bölgan vazirlik va idoralar tavsiyasi asosida Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ta'lim yönalişi böyiça talab qabul kvotasidan ortiqça bölganda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi ruxsati bilan qöşimça ravişda talabalar qabul qilişga ruxsat beriladi.
Kiriş sinovlaridan ta'lim yönalişi böyiça kamida 7 nafar abituriyent muvaffaqiyatli ötgan taqdirda, oliy ta'lim muassasasi qabul komissiyasi raisi tomonidan ular öqişga tölov-kontrakt asosida qabul qilişga tavsiya etiladi. Imtihonlardan 7 nafardan kam abituriyent ötgan taqdirda, ularning arizalariga köra kiriş sinovlari bir xil bölgan boşqa ta'lim yönalişiga öqişga tavsiya etiladi.
Ikkinçi va undan keyingi oliy ta'lim negizidagi sirtqi ta'lim şaklda öqiş muddati – kamida 3 yil. Bunda, öqiş öquv rejalaridagi fanlar farqidan qat'i nazar, bakalavriat ta'lim yönalişining 2-kursidan boşlanadi.

















