Tsivilizatsiya açinarli holatga tuşib qolgani sabablardan biri – ta'lim tizimidir. Insoniyat jar yoqasidan uzoqlaşişi uçun ta'limni mohiyatan özgartiriş kerak bölyapti. Ammo, soha birovning amrini kutmasdan, öz-özidan özgariş arafasida turibdi.

Ta'lim tezligi va sifatini köp marta oşiriş imkonini beradigan texnik imkoniyatlar yuzaga kelgan bölsa ham, ulardan foydalanilmayotgani, maktablarda ta'lim eskiçasiga – oğzaki darslar bilan olib borilayotgani, ta'limimiz öziga xos bir lotereyaga aylanib qolgani haqida söz yuritgan edik. Masalani yanada kengroq olib, mavzuni davom ettiramiz.

Bir marta eşitgandan...

100 yil oldin köz bilan qabul qilinadigan axborot söz va matn orqali yetkaziladigan axborotga qaraganda tez va samarali özlaştirilişini olimlar tajribada aniqlaşgan edi. Bu «tasvir ustunligi effekti» deb nom olgan. Ma'lum bölişiça, inson boş miyasi tasvirni matnga qaraganda 60 000 barobar (!) tezroq özlaştiradi. Köplab tajribalarda öz isbotini topgan bu effekt inson xotirasining tasvirga nisbatan öta ta'sirçanligi bilan izohlanadi. Ya'ni, miya köz bilan ilğanadigan ramzlarni öta tez tahlil qilar ekan. Mazkur hodisani olimlar tasvirlar miyada oson kodlanişi va kerak bölganda oson koddan çiqarilişi bilan, matn orqali qabul qilingan axborot esa ikki martalik kodlaniş evaziga xotirada qiyin kodlanişi va qiyin koddan çiqarilişi bilan izohlaşadi.

Yana bir muhim kaşfiyot

Miya yuzasining 50 foizi köz bilan köriladigan axborotni qayta işlaşga möljallangan. «Közning qanday işlaşini bilsak miya qanday işlaşini bilişga yaqinlaşamiz», – deydi olimlar.

Bir neça yil avval ötkazilgan tajribada inson 10 sekund davomida 2500ga yaqin tasvirni eslab qolişga qodir ekanligi aniqlangandi. Yana ham ajablanarlisi bu – 10 sekund davomida körilgan tasvirlarning 63 foizini kişilar bir yil ötgandan keyin ham yaxşi eslaşdi. E'tibor bering – ularga 10 sekundda 2500 surat namoyiş etilgandi.