«Özbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvining yangi raisi tayinlandi. Hukumat qaroriga köra, Bahodirjon Bahromoviç Siddiqov jamiyat boşqaruvi raisi etib tasdiqlangan.

Bahodir Siddiqov bundan oldin Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilği-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri lavozimda faoliyat yuritgandi. U 2009−2010 yillarda va 2017 yilda «Neftegazinvest» mas'uliyati çeklangan jamiyat direktori lavozimida işlagandi. 2017-2018 yillarda esa «Özbekneftgaz» AJ raisi örinbosari ham bölgan. 

U yangi lavozimda Bahrom Aşrafxanov örnida iş boşlaydi. Özbekistonning Rossiyadagi sobiq elçisi bölgan Bahrom Aşrafxonov 2018 yilning sentyabrida Alişer Sultonov örniga «Özbekneftgaz» AJ boşqaruv Raisi vazifasini bajaruvçi​si lavozimiga tayinlangandi.

Aşrafxonov 2019 yilning fevral oyi boşida Özbekiston Respublikasi Moliya vazirining ijtimoiy soha masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangaç, «Özbekneftgaz» AJ boşqaruv Raisi lavozimi böş qolayotgandi.