Jismoniy tarbiya va sport universitetida yangi kafedra tashkil etiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Toshkent shahar hokimligining qishki sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoalari uchun respublika va xalqaro sport musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko‘rishini ta'minlashga qaratilgan zamonaviy moddiy-texnika bazasini yaratish maqsadida Toshkent shahar hokimligi tasarrufidagi Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Chimyon qishlog‘ida joylashgan “Oromgoh” DUKning ikkita dor yo‘li hamda chang‘ida uchish trassasini Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabiga operativ boshqaruv huquqi bilan bepul berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining yoshlar o‘rtasida qishki sport turlarini yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufidagi Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Sertifikatsiyalash va kompyuterlashtirish markazi” davlat korxonasining “Beldirsoy” sport bazasida Yoshlar ittifoqini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yengil konstruksiyali bino va inshootlar barpo etish, yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, xalqaro va respublika nufuzdagi musobaqalarni o‘tkazish uchun zamonaviy sport asbob-uskunalari va jihozlari bilan beg‘araz ta'minlash bo‘yicha taklifiga rozilik beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Qishki va murakkab texnik sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi balansidagi Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Chimyon qishlog‘ida joylashgan “Paxtakor” sport bazasi, unga tutash bo‘lgan ikkita dor yo‘li hamda chang‘ida uchish trassasini rekonstruksiya qilish, shuningdek Toshkent shahar, Olmazor tumani, Muxbir ko‘chasi, 12-uyda xalqaro standartlarga javob beradigan yengil konstruksiyali yopiq muz qoplamali maydon qurish hamda zamonaviy sport asbob-uskunalari va jihozlari bilan ta'minlash bo‘yicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq zarur bo‘lgan kapital qo‘yilma limiti ajratilishini 2020 yil O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda nazarda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab:
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida qishki sport turlari bo‘yicha kafedra tashkil qiladi;
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavr yo‘nalishiga ajratilgan qabul kvotalarini yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlashda qishki sport turlari uchun o‘rin ajratilishi yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi
Jahon | 01:16
-
Keniya prezidenti rossiyalik olirgarxning pullarini yuvishda ayblanmoqda
Jahon | 00:31
-
Kashmirda sayyohlarni o‘qqa tutgan terrorchilar haqidagi ma’lumot uchun mukofot e’lon qilindi
Jahon | 23:43 / 23.04.2025
-
Lavrov: Rossiya YeIning Markaziy Osiyoda hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan urinishlariga qarshi
Jahon | 23:20 / 23.04.2025
Mavzuga oid

17:50 / 17.02.2025
Botir Rahimov tennis federatsiyasiga rais bo‘ldi

08:44 / 06.06.2022
Parrandachilikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘zgaradi

09:01 / 08.04.2022
«Olima ayollar jamiyati» nimalar bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi

07:51 / 26.03.2022