Shavkat Mirziyoyev Sulton Saodat majmuasini obod qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Termiz yaqinidagi Sulton Saodat maqbarasini ziyorat qildi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati. Qur'on tilovat etildi.
Ushbu qadamjo X—XVII asrlarga mansub maqbaralar majmuasidir. Bu yerda payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning qizlari Fotima onamiz va Hazrat Alining beshinchi avlodi bo‘lgan Sayyid Hasan al-Amir mangu qo‘nim topgan. Shu bois u aslida Sulton Sodot, ya'ni «Sayyidlar sultoni» deya atalgan. Keyinchalik maqbara atrofiga uning avlodlari va boshqa sayyidlar dafn etilgan.
Olimlar fikricha, Hasan al-Amir o‘z yaqinlari bilan taxminan 865 yilda Termizga kelib, yashab qolgan. Shu tariqa bu yerda obro‘li sayyidlar sulolasi shakllangan. O‘rta asrlardagi davlatlar, xususan, Amir Temur saltanati rivojida Termiz sayyidlarining alohida o‘rni bo‘lgan. Sohibqiron va temuriylar payg‘ambarimiz avlodlariga hurmat ko‘rsatishni sharaf deb bilib, bu yerda xonaqoh va maqbaralar qurdirgan. Keyingi dahmalar o‘z davrining uslubiga mos ravishda barpo etilgan. Shu jihatlari bilan majmua ulkan tarixiy, ma'naviy, madaniy ahamiyatga egadir.
Prezident ushbu qadamjo ulkan ma'naviy meros, musulmonlar uchun tabarruk maskan ekanini qayd etib, uning tarixini mukammal o‘rganish, xalqimizga va chet elliklarga yetkazish zarurligini ta'kidladi. Majmua hududini arxeologik o‘rganish asosida uni obodonlashtirish, Imom Buxoriy, Imom Termiziy maqbaralaridek katta va go‘zal ziyoratgohga aylantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
«Shavkat Mirziyoyev Hakim Termiziy maqbarasini ham ziyorat qildi. Yurtimizga tinchlik, qut-baraka tilab duo qilindi», — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.
Mavzuga oid
14:50 / 21.11.2024
Kuvayt O‘zbekistonda Ona va bola klasterini tashkil etadi
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:36 / 06.11.2024