«Kampirravot» suv ombori, «Andijon dengizi» deya ataluvçi mahobatli suv inşooti haqida juda köp eşitganimiz bor.
Andijon viloyatining Xonobod şahriga kiraverişda «Andijon dengizi» yozuvi bitilgan monumentga közingiz tuşadi. Katta yöldan öng tomonga qarasangiz, uzoqdan mahobatli töğonni körasiz.


Mazkur suv saqlaş inşooti jiddiy qöriqlanişi bois uning yoniga boriş, töğon va GESlarni tomoşa qiliş oddiy kişi uçun qiyin masala.
Suv omboriga qilgan birinçi sayohatimiz davomida uning damba qismi, elektr energiyasi işlab çiqaruvçi generatorlari joylaşgan hududiga emas, balki, suv omborining umumiy körinişi va katta miqdordagi suv qanday yiğilişiga qiziqdik.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Buning uçun esa, toğ-u toşlar, tik, xavfli dara yölidan ötib avtomaşinada 2 soat yuriş kerak ekan.
Andijon viloyat turizm boşqarmasi mazkur sayohatni taşkil etişda yaqindan yordam berdi.
«Kampirravot» suv ombori haqida internetda yöq bölgan ma'lumotlarni berib ötamiz:
«Kampirravot» suv ombori – Tyan-Şan toğ tizmalarining 5 irmoğidan paydo böluvçi Qoradaryo özaniga qöyilgan gidrotexnika inşootidir. U 1962 yili loyihalaştirilib, 1968-1982 yillarda qurib bitkazilgan. Suv ombori qurilişidan oldin ikki qoya örtasidan xuddi darvozasifat (ravot) tabiiy yoriq va öşa joyda xuddi boşida savat bilan turgan kampirni eslatuvçi qoyatoş bölgani sababli



























