Xabaringiz bor, 2019-o‘quv yilidan boshlab IELTS sertifikati O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlariga kirishda bir qator imtiyozlar taqdim etadi.   

Test sinovlari majmuasiga ingliz tili birinchi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun IELTS 5.5, asosiy fan bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlar uchun IELTS 4.5 ko‘rsatkichi bilan kirish imtihonlarida eng maksimal ball beradi.

Ushbu test natijasida olinadigan sertifikat nafaqat yurtimizda, shu bilan birga butun dunyo bo‘ylab ham ko‘plab imtiyozlar taqdim etishini ko‘rishimiz mumkin.

Foto: RIKS Education

Ushbu testning boshqa testlardan afzalligi nimada?

Hozirgi kunda IELTS 140 dan ortiq mamlakatlarda 10.000 dan ortiq tashkilot va ta’lim muassasalari tomonidan tan olinadi va eng ishonchli ingliz tili testi sifatida e’tirof etiladi. IELTSga tayyorgarlik ko‘rish va imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish uchun internet tarmog‘ida minglab o‘quv qo‘llanmalari, bepul darslar va turli xizmatlar mavjud. British Council tashkiloti esa ushbu testlarni o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekistonda mas’ul tashkilot hisoblanadi.

Qalbaki IELTS haqidagi habarlar rostmi?

Afsuski, test juda mashhur bo‘lganligi bois ba’zi noqonuniy harakatlar ham uchrab turadi. Lekin bundan umuman qo‘rqish kerak emas. Chunki ushbu testni sotish yoki sotib olish, tanish-bilish ishlatish kabi holatlar bo‘lmasligi uchun IELTS testlarini ishlab chiqaruvchi tashkilot — Cambridge Assessment juda kuchli nazoratni o‘rnatgan. Shu bois ushbu test 60 yillik katta tajribaga ega. IELTSning xalqaro miqiyosda obro‘si va hurmati juda yuqori.

O‘zbekistonda IELTS, TOEFL  va boshqa ko‘plab xalqaro sertifikatlarni turli kompyuter dasturlari yordamida o‘zgartirib, yuqori ball ko‘rsatib reklama qilayotgan o‘quv markazlar, o‘qituvchilar haqida ko‘pchilikning xabari bor. Facebook, instagram va ko‘plab internet nashrlarida reklama qilingan xizmatlar orasida ayni shunday qalbaki sertifikatlarni uchratish mumkin. Ishga kiruvchilar orasida ham soxta sertifikatlar uchrab turadi.

Foto: RIKS Education