«Tiriliş» (Voskreseniye)  Lev Nikolayeviç Tolstoyning eng oxirgi romani. Tolstoy dahosining 10 yillik mehnati (1889 ─ 1899) samarasi ölaroq dunyoga kelgan asarda adib öz zamonasidagi voqelikni tasvirlagan bölsa-da, insoniyatning barça zamonlariga xos muammolarni oçib bergan.

Illyustratsiya: Boris Pasternak

Syujyet liniyasi haqida

Nasab jihatidan dvoryanlardan bölgan Tolstoy öz asarlarida, asosan, oliy tabaqa vakillarining haşamdor, közni qamaştiradigan jimjimali hayotini tasvirlaydi. «Tiriliş»da esa bu an'anadan yarim qadam çekingan holda oddiy rus xalqining kulrang böyoqli hayoti ham oçib berilgan. Roman knyaz Dmitriy Ivanoviç Nexlyudovning özi uçun hayot haqiqatini kaşf etişi töğrisida.

Knyaz boyvuçça ammalarining qölida «yarim oqsoç, yarim asrandi» bölib katta bölgan Katerina Maslova (Katyuşa)ni uçratib qoladi. Katyuşa xulqi haminqadar bölgan onadan va tayini yöq löli otadan dunyoga kelgan. Boyvuçça grafinyalar eşigida xizmat qilib katta böladi va kunlarning birida öz bekalarining mehmonga kelgan xuşsurat jiyani ─ knyaz Nexlyudov bilan töqnaşib qoladi. Avvaliga ular bir-biriga ma'naviy ehtiyoj, pok muhabbat bilan boğlanadi. Harbiy xizmatga borib, «kattalar hayoti» bilan tanişgaç, Nexlyudov mutlaqo boşqaça atvorga ega bölib ikki yildan söng qaytadi, bu gal Katyuşaga şahvoniy hirs, jismoniy talpiniş bilan qaray boşlaydi va.....uni yöldan uradi. Bu aybini esa qizning qöliga 100 söm tutqaziş bilan «yuvgandek» böladi, çunki uning nazdida, «hamma şunaqa qiladi, bu tabiiy...». Va qizni yolğiz taşlab, özining haşamatli hayotiga ğarq böladi.

Böyida bölganini anglagan Katyuşa esa boladan «qutulib olgaç» yomon yölga kirib ketadi, islovotxonada kun köra boşladi. Kunlarning birida anglaşilmovçilik tufayli savdogarning ölimida ayblanib, sud qilinadi. Çarxi kajraftorning işi bilan, bu sudda maslahatçilar tarkibida Nexlyudov ham bor edi. Qizni tanigan Nexlyudov uning bu yölga kirib ketişiga özining uni yöldan urgani sabab bölgan degan xulosaga keladi, gunohini yuviş uçun sudya va maslahatçilarning hafsalasizligi natijasi ölaroq nohaq katorgaga hukm qilingan qizni qutqarişga, unga uylanişga ahd qiladi.

Qizni qamoqdan çiqarib olişga harakati davomida hibsxonalardagi ahvol, arzimagan harakat va baxsiz tasodif natijasida qamalganlarning taqdiri bilan tanişa boradi, sudya, prokuror, advokat, tergovçi, hibsxona rahbari ─ barçasining insonlar taqdiriga öta adolatsiz va befarq qaraşi, bir matohdek munosabatda bölişiga, noçor kişilar hayotining turmada çirib ketişi oddiy holga aylanganiga guvoh böladi. Jamiyatda bunday hol yuzaga kelişiga turtki bölgan faktorlarni va aybdorlarni izlaydi, buning barobarida öz şaxsiyatida ham katarsis jarayoni keçadi.