O‘zbekiston bank sektorida yangi jiddiy raqobatchi paydo bo‘ldi. Qozog‘istonning yetakchi banki – «Qozog‘iston Xalq banki» Toshkentda o‘zining sho‘'ba bankini ochdi. Poytaxtning Hyatt Regency mehmonxonasida Qozog‘istonning xalqaro Halyk («Qozog‘iston Xalq banki» AJ – Halyk Bank) guruhi yuqori lavozimli rahbariyati, yirik bo‘linmalari, filiallari va Qozog‘iston, Gruziya, Rossiya, Qirg‘iziston va Tojikistondagi sho‘'ba tashkilotlarining rahbarlari ishtirokida tashkil etilgan safardagi kengashi doirasida o‘z imkoniyatlarining taqdimotini o‘tkazdi. Unda OAV vakillari ham ishtirok etdi.

Anjuman doirasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, ilg‘or tajriba almashish tashkil etildi, «Halyk» guruhini rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Tadbir qatnashchilari biznes namoyondalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilishib, O‘zbekiston madaniyati bilan tanishishdi.


Anjuman ishtirokchilariga guruhning yaqinda O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlagan sho‘'ba banki – «Tenge Bank» ATB tanishtirildi. Ma'lum qilinishicha, rejaga muvofiq, Bank ilk bosqichda yuridik shaxslarga faol xizmat ko‘rsatish, hisob-kassa amaliyotlarini bajarish, SWIFT tizimi orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish va shu kabi boshqa xizmatlarni ko‘rsata boshlagan.


«Biz faoliyatimizning ilk kunlaridanoq, mahalliy kompaniyalar tomonidan xizmatlarimizga katta qiziqishni kuzatmoqdamiz. O‘z navbatida, biz Halyk Guruhi mijozlarga ixtiyoridagi ulkan imkoniyatlar ro‘yxatini taqdim etishni rejalashtirmoqda, - deya qayd etdi Tenge Bank boshqaruvi raisi Aslan Talpakov. – Biz, shuningdek, munosib transchegeraviy hisob-kitoblar va savdo-sotiqni moliyalashtirishning zamonaviy instrumentlarini taklif etamiz».


Tadbirda ma'lum qilinishicha, Tenge Bank O‘zbekistonda bank xizmatlarining barcha turini taklif qilishni reja qilmoqda. Bugungi kunda, Bank mijozlariga O‘zbekistondan Qozog‘istonga pul o‘tkazmalarini tengeda amalga oshirish imkoniyatini ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilgan. Yuridik shaxslar esa, Qozog‘iston tengesini bevosita Bankdan xarid qilishlari mumkin.














