Kun.uz soğlom hayot loyihasi orqali bugungi kunda köp uçrayotgan va oldini oliş dolzarb bölgan kasalliklar haqida ma'lumot berişda davom etadi. Biz bu safar ayollarda uçraydigan onkologik kasalliklar haqida ma'lumot berişni maqsad qilganmiz. Ayollarda uçraydigan onkologik kasalliklarning kelib çiqiş sabablari, davolaş va oldini oliş yöllari töğrisida oliy toifali şifokor Nasiba Nigmadjanova tavsiyalariga quloq tutamiz.

“Ayollarda uçraydigan onkologik kasalliklar juda jiddiy muammo hisoblanadi. Bu kasalliklarning oldini oliş uçun ayollarimizga bir yilda bir marta tibbiy körikdan ötiş tavsiya qilinadi.

Barçamizga ma'lumki onkologik kasalliklar heç qanday sipmtomplarsiz, birorta belgilarsiz vujudga keladi. Oqibatda ularni aniqlaş imkoni judayam qiyinlaşadi. Kasallik qança keç aniqlansa, kasallik darajalariga qarab ularni davolaş imkoniyati ham ança pasayadi. Onkologik kasalliklar qança tez taşxis qöyilib, erta aniqlansa ularga qarşi kuraşiş şunça osonlaşadi.

Bugungi kunda dunyoda kökrak bezi saratonidan keyingi örinda baçadon böyni va baçadon tanasi raki judayam köp uçraydi. Köp hollarda ayollar keçikib murojaat qilişadi. Buning sababi ham bor. Kasallik belgilarsiz rivojlanadi.

Bir yilda bir marta marta ayollarni ginekolog körikdan, tekşirişdan ötiş kasallikni erta aniqlaşda yordam beradi. Bu tekşiruvlarning samarali jihati şundaki, hujayralardagi eng kiçik özgarişlargaça oldindan aniqlab, vaqtliroq muolajalarni olib boriş orqali ayollarda heç qanday asoratlar qoldirmasdan, bu kasallikni qaytalanişining oldini oliş imkonini beradi.

Kasallikning kelib çiqiş sabablari va davolaş

Kasalliklarning kelib çiqiş sabablari böyiça nazariyalar judayam keng qamrovli bölib, aniq bir sababni keltiriş qiyin. Gormonal statusning özgarişi, stress holati, ortiqça vazn va moddalar almaşinuvi buzilişlari onkologik kasalliklarning vujudga kelişiga olib kelişi mumkin. Bundan taşqari nasliy omillar, taşqi muhitning özgarişi, ekologik holat hamda köpgina yuqumli kasalliklar ham kasallik rivojlanişiga ta'siri bor degan nazariyalar mavjud.