17:46 / 14.02.2020
0
48439
Vazir o‘rinbosari rektor bo‘ldi

Maktabgacha ta'lim vaziri o‘rinbosari Sobitxon Turg‘unov lavozimini tark etdi.

Maktabgacha ta'lim vaziri o‘rinbosari Sobitxon Toshpo‘latovich Turg‘unov Namangan davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

Vazirlar Mahkamasining 14 fevral kungi 82-sonli «Oliy ta'lim muassasalari rektorlarini lavozimlarga tayinlash to‘g‘risida»gi qarori bilan Namangan davlat universitetining rektori vazifasini bajaruvchi Muzaffar Hoshimovich Esanov o‘z lavozimidan ozod qilingan.

Sobitxon Turg‘unov 2017 yilning iyulidan oktyabrigacha Xalq ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2017 yilning oktyabrida Maktabgacha ta'lim vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Turg‘unov 2017 yil fevral oyidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Muzaffar Esanov / Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Muzaffar Esanov 2019 yilning iyunida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi raisi lavozimiga o‘tkazilgan Ulug‘bek Ilyasovich Inoyatov o‘rniga universitetga rahbar bo‘lgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top