ÖQIŞ
Öqiş mahoratini rivojlantiriş, grammatika va til qurilişini anglaş, sözlarni yodda saqlaş, ularning ifoda hamda talaffuzini örganiş muhim ahmiyatga ega. Bu könikmani egallaş uçun quyidagi usullardan foydalanişingiz mumkin.
1) Inglizça kitob, jurnal, gazeta öqing
Xorijiy til örganişning oltin qoidasi – köp öqişdir. Unutmang: bu könikmaga ega bölmay turib, oğzaki va yozma sinovlarda yetarli darajada muvaffaqiyatga erişa olmaysiz. Modomiki, til örganiş masalasida qat’iy fikrda ekansiz, internetdan özingizni qiziqtirgan mavzudagi biron kitob, jurnal, gazetani topib, muntazam öqib boring.
Sizga yordamçi:
- onlinenewspapers.com
- gutenberg.org
2) Qöl telefoningiz va kompyuteringizning tilini inglizçaga ötkazing
Telefoningiz, kompyuteringiz dasturini inglizçaga özgartiriş, bajaradigan amalingizni ma’lum bir söz bilan boğlaş va buni har kuni bajariş söz boyligingizni orttiradi. Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlar tilini ham özgartiriş yangi bilimlar örganişingizda yordam beradi.
3) Mobil ilovalardan foydalaning
Mobil jihozlar va ilovalar ingliz tilini örganiş istagida bölganlar uçun çeksiz imkondir. Texnika taraqqiyoti yaşin tezligida ildamlab borayotgan bir vaqtda bu imkondan foydalaniş tamoman sizning ixtiyoringizda. Öqişdan yoki işdan uyga qaytar ekansiz, telefonga yuklangan bir qança bepul ilovalar yordamida söz yodlaşingiz öqiş va anglaş könikmangizni orttiradi.
Sizga yordamçi:
- learnenglishbritishcouncil.org
- duolingo.com
- busuu.com
YoZIŞ
Inglizça yoziş özlaştirilişi eng qiyin malakalardan biridir. Odatda, xorijiy oliy öquv yurtlariga hujjat topşirmoqçi bölgan abituriyentlardan esse, motivatsion maktub yoziş talab qilinadi. Yoziş davomida qisqa ifodalar örniga boğlovçilar va yordamçi jumlalarni qöllaş, fikrni kengaytirilgan holda ifodalay oliş juda muhimdir.
4) Blog yozing











