Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 900ga yaqinlashdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 31 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 13 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 896 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq ilk holat 15 mart kuni qayd etilgandi. 11-12 aprel kunlari bemorlar soni 98 nafardan o‘sdi.
Shu vaqtgacha 66 kishi kasallikdan sog‘aydi, 4 kishi vafot etdi.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025