“Azizlar, keça tongda Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori töğonining bir qismi öpirilib, minglab yurtdoşlarimiz boşpanasiz qoldi. Ularga imkon qadar tezroq yordam beriş, bu oğir sinovda yelkadoş böliş – dindoş, millatdoş, yurtdoş sifatidagi insoniy burçimiz.
Azizlar, iltimos, sirdaryoliklarning boşiga kelgan bu ofatni öz boşimizga tuşgandek his qilib, kattayu kiçik har qanday yordam bölsa, darhol yuboraylik!
Yordam berişga hissa qöşmoqçi bölganlar Click yoki PayMe orqali quyidagi plastik karta raqamiga mablağ ötkazişlari mumkin: 8600 3329 4846 7836 (Ixlosiddin Urmanov nomida).
Naqd puldagi xayriya mablağlarini ham qabul qilamiz.
Xayriya ştabi manzili: Toşkent şahri, Çilonzor tumani, Sögalli ota köçasi, 5-uy. Telefon: +998 93 397 0012”
Yuqoridagi guruhlar faoliyati bilan tanişiş maqsadida koordinatorlardan biri, Grand ta’lim NTM xodimi Şahnoza opa bilan boğlandik:
– Xalqimizdan minnatdorman, şu yurt farzandi ekanligimdan faxrlanaman. Karantin tufayli köpçilikning işi töxtab qolganligiga qaramay qönğiroqlar tinmayapti, ataganlarini olib kelayotganlarni tuşirib olişga yigitlarimiz ulgurişmayapti. Kimdir qoplab un, şakar kabi mahsulotlar olib kelsa, yana kimdir uyidagi gilamidan tortib kiyimlarigaça kötarib kelişyapti. “Imkonimiz qisqaroq edi, yopilgan bankalarim, yaxşi idişlarim bor, şularni berib yuboryapman.. ”, yoki “Pulim yöq edi, borib xizmatim bilan yordam bersam maylimi?” – deb qilingan qönğiroqlarni eşitib qanday qilib közimiz yoşlanmasin?
Yordam beriş istagini bildirganlar juda köpligi uçun hozirça faqat mahsulotlarni töplayapmiz, Xudo xohlasa bir-ikki kun içida omonatlarni öz manziliga yetkazib beramiz – dedi Şahnoza opa.
Şuningdek Sardor Rahimxon boşçiligidagi yana bir köngillilar guruhi ham ayni şu yönalişda işlaşmoqda. “Sirdaryo viloyatiga insonparvarlik yordami jönatamiz, imkoni borlar boğlanişsin: +99890-908-44-46 / Uzcard, Click, Payme 8600 3104 0422 0113” deyilgan e'lon ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalmoqda. Bu guruh dastlabki karvonni manzil sari jönatişga ham ulgurgan.
1 may kuni poytaxtdagi köngillilar tomonidan “Sirdaryoliklar yordam” guruhi ham suv toşqinidan jabr körganlarga yordam aksiyasi taşkil qilgan edi. 2 may kuni yölga çiqişi kerak bölgan karvonda yordam beriş istagini bildirganlar juda köpayib ketganligi bois Toşkent şahri hokimligi taklifi köra hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etiş maqsadida mahsulotlar maxsus yuk maşinalarida, köngillilarning vakillari esa maxsus avtobusda Sirdaryoga jönab ketişdi.













