16:36 / 25.05.2020
5495
Tramp yillik maoshini koronavirusga qarshi kurashishga o‘tkazdi

AQSh prezidenti Donald Tramp 400 mingdan 450 ming dollargacha bo‘lgan yillik maoshining barchasini koronavirusga qarshi kurashga o‘tkazganini ma'lum qildi.

Foto: Reuters

"Men 400 mingdan 450 ming dollargacha bo‘lgan yillik maoshimning barchasini hukumatga qaytarib beryapman va boshidanoq qaytarib kelganman. Oxirgi chek sog‘liqni saqlash vazirligi va AQSh koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha ijtimoiy xizmatlarga berildi. Bundan faxrlanaman", - deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.

U tvitiga joriy yilning birinchi choragidagi maoshi – 100 ming dollarning hammasini koronavirusga qarshi dori ishlab chiqishga o‘tkazgani to‘g‘risidagi xabarni havola qildi.

Tramp 2016 yilda saylovoldi kampaniyasida prezident bo‘lsa, o‘z maoshidan ijtimoiy ehtiyojlarga 400 ming dollar xayriya qilishga va'da bergandi.

Avvalroq Donald Trampning matbuot kotibi Keyli Makinani prezident koronavirusga qarshi sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘z maoshidan AQSh sog‘liqni saqlash vazirligi va ijtimoiy xizmatlarga 100 ming dollar o‘tkazib bergani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top