12:04 / 17.06.2020
7783
Gilos eksporti 2 barobarga oshdi - Statqo‘m

2020 yil 1 iyun holatiga ko‘ra 48 million AQSh dollariga teng bo‘lgan jami 23,5 ming tonna gilos mevasi 11ta xorijiy mamlakat bozorlarida sotildi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ushbu mamlakatlar orasida Qozog‘iston 12,4 ming tonna, Rossiya 6,7 ming tonna, Qirg‘iziston Respublikasi 4,1 ming tonna bilan yuqori ulushga ega bo‘ldi.

Bildirilishicha, bu yil o‘zbek gilosi Koreya va Tailand davlatlariga ham eksport qilindi. Joriy yilning 1 iyun holatiga ko‘ra, Koreya Respublikasida 51,8 tonna mahsulot 206,8 ming AQSh dollariga sotilgan.

2020 yil 1 iyun holatiga ko‘ra, eksport qilingan gilos mahsulotining davlatlar kesimi bo‘yicha ma'lumot

Qayd etilishicha, gilos eksporti o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 2 barobarga oshgan. Joriy yilning 1 iyun holatiga ko‘ra, gilos sotuvidan mamlakatga qariyb 48 million AQSh dollari miqdorida valuta kiritildi.

Top