Bangladeş poytaxti Dakka şahrida bölib turgan «Paxtakor» va Özbekiston yoşlar jamoasi sobiq futbolçisi Alişer Azizovning Tribuna.uz caytiga ma'lum qilişça, Bangladeş çempionatida töp tepgan 7 nafar özbekistonlik futbolçi mart oyidan beri uylariga qaytib kela olmayapti.
Karantin joriy qilingunga qadar Bangladeşning «SHEIKHRUSSEL FC» klubida öynagan Azizov bilan birga «BRASSERS FS» futbolçilari Otabek Valijonov va Murod Töyçiyev, «CHITTAGONG ABAHANI FC» a'zolari Iqbol Boboxonov va Şukurali Pölatov, «RAKHMATJONJ FC» jamoasida öynagan Akobir Törayev va Furqat Hasanboyev ayni damda Bangladeş poytaxtida qolmoqdalar.

30 yoşli hujumçi Alişer Azizovningning aytişiça, Bangladeş çempionati 20 mart kuni 6-tur öyinlaridan söng töxtatilgan. Mamlakat futbol federatsiyasi barça klublarga legionerlar bilan şartnomalarni bekor qilişni tavsiya qilgan. Şunga köra, legionerlarga 20 martgaça bölgan maoşlar tölab berilib, şartnomalar bekor qilingan. Şunga qaramay, özbek legionerlari klublar qarorgohida yaşab kelmoqda. Ba'zi jamoalar ança vaqtgaça futbolçilarga kunlik oziq-ovqati uçun pul berib turgan. Sönggi paytlarda bu tölovlar ham töxtagan.

«Bu yerda maoşlar unça katta emas. Ba'zi futbolçilar qiynalib qolişdi. Oçiği, heç birimizga oson bölmayapti. Biz pandemiya e'lon qilingan, çempionat töxtatilgan paytdayoq Özbekistonga qönğiroq qilib, vaziyatni tuşuntirgandik. Ular Hindistondagi elçixona bilan boğlaninglar, deyişdi. Biz bilan aloqaga çiqqan xodim esa Hindiston orqali charter reys bilan olib ketamiz, deb va'da berdi. Birinçi charter reysda olib ketişmadi. Biz Dakkadan Hindistonga borib olişimiz darkor. Ammo, reys yöq ekan. Ikkinçi charter reys ham ketdi. 10 kun böldi bunga. Hindiston ruxsat bermayapti, deyişdi. Bilsak, Dakkadan Dehliga reys bölgan. Samolyot böş ketgan, joy bölgan. Bizga joy yöq, deyişgandi. Hamon Dakkadamiz. Iyungaça öşa odamning gaplariga işonib ötiribmiz. Uçinçi reys ham xuddi şunaqa böldi – ketolmadik. Hatto Qirğiziston orqali ketiş variantini köra boşladik. Qirğiziston tomoni bizni olib ketişga rozi. 27 iyun sanasida Dakkadan Hindistonga, u yerdan Qirğizistonga reys bor ekan. Bizga faqat viza qilib berişsa böldi. Ammo elçixona şuniyam hal qilib berolmayapti», - deya vaziyatni tuşuntirdi Alişer Azizov.














