2020-2021-öquv yili uçun oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yönalişlariga abituriyentlarni onlayn röyxatga oliş rasman yakunlandi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.

Röyxatga oliş 20 iyundan 20 iyulga qadar barça hududlarda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali, respublikaning 8ta tumanida esa Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oşirildi.

Röyxatdan ötgan jami abituriyentlar 1 484 085 nafarni taşkil etdi. Şundan, joriy yil bitiruvçilari 536 144 nafar (36,13 foiz).

Ta'lim şakli böyiça:

Kunduzgi ta'lim şakli – 798 608 nafar (53,81 foiz);
Sirtqi ta'lim şakli – 648 733 nafar (43,71 foiz);
Keçki ta'lim şakli – 36 744 nafar (2,48 foiz).

Tillar kesimida:

Özbek tili – 1 297 445 nafar (87,42 foiz);
Rus tili – 139 115 nafar (9,37 foiz);
Qoraqalpoq tili – 44 279 nafar (2,98 foiz);
Boşqa tillar – 3 246 nafar (0,22 foiz).