11:06 / 25.07.2020
16485

26 iyul kuni Istanbulga qo‘shimcha charter reys e'lon qilindi

Maxsus komissiyaning qaroriga ko‘ra, xorijdagi vatandoshlarni qaytarish rejasiga muvofiq Transport vazirligi va Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Turkiyaga qo‘shimcha aviareys tashkil etmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiriga aviakompaniya matbuot kotibi Habibulla Nabiyev ma'lum qildi. 

“Toshkent-Istanbul-Toshkent yo‘nalishidagi bu parvoz 2020 yilning 26 iyuliga rejalashtirilgan.

Toshkent-Istanbul 

Uchish 15:00, qo‘nish 19.50 (mahalliy vaqt bilan, Anqarada to‘xtab o‘tiladi)

Istanbul-Toshkent 

Uchish 21.20, qo‘nish 03.50+1 (mahalliy vaqt bilan).

Toshkent-Istanbul yo‘nalishi uchun aviachiptalarni aviakompaniya filialining markaziy sotuv ofisidan («Uzbekistan Airways Sales») soat 10:30 dan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri navbatda turish orqali xarid qilish mumkin. 

Bunda yo‘lovchining shaxsan o‘zi hujjatlarining asl nusxasi bilan kelishi shart:

  • O‘zbekiston fuqarolari uchun – Pasport va uchish uchun asos.
  • Xorij fuqarolari uchun – Pasport;

Istanbul-Toshkent yo‘nalishiga chipta xarid qilish uchun O‘zbekiston respublikasining Istanbuldagi bosh konsulligiga murojaat qilish mumkin.

Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida aviachiptalar qo‘lga kiritish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif qiluvchi shubhali shaxslarga murojaat qilmaslik so‘raladi. 

To‘langan mablag‘ Uzbekistan Airways filiali kassasida xarid qilingan chiptada aks etganini tekshirishni unutmang. 

Sizga yoqimli parvoz tilaymiz!”, – deyiladi 25 iyul soat 10:42 da taqdim etilgan ma'lumotda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top