«Prezidentning joriy yil 24 aprel kuni karantin davrida aholi bandligini ta'minlaş va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida bergan topşiriği asosida har bir sektor rahbari tomonidan ehtiyojmand oilalarni qöllab-quvvatlaş daftari – «temir daftar» yuritilişi yölga qöyildi. Bunda mas'ul xodimlar (tuman, viloyat sektor rahbarlari) özining kunlik amalga oşirgan işlari yuzasidan «temir daftar»idagi ma'lumotlarni saxovat.argos.uz saytiga raqamli imzo kaliti orqali elektron şaklda kiritib boradi.
Ma'lumot örnida aytiş mumkinki, «temir daftar» - bu karantin şaroitida işsiz, daromadsiz qolgan ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilalarning mahallada şakllantirilgan şaffof röyxatidir. Mazkur röyxatga kiritilgan aholiga doimiy ravişda zarur yordamlar körsatiladi. Kambağal aholi qatlamini ehtiyojmandlikdan çiqariş uçun mazkur oilalarga moddiy va ijtimoiy kömak beriladi.
«Temir daftar» aholini kambağallikdan çiqariş, buning uçun ular bilan manzilli va maqsadli iş olib boriş yölida muhim manbadir. Uni yuritişdan asosiy maqsad ehtiyojmand oilalar 7 toifasi, ya'ni 1) kam ta'minlangan, 2) nogironligi bölgan, 3) ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, 4) yakka-yolğiz keksalar, 5) doimiy işsiz fuqarolar, 6) karantin tufayli işsiz qolgan fuqarolar, 7) oğir epidemiologik hududlardan qaytarib kelingan fuqarolarni kambağallikdan çiqarişdir.












