“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishonining 2020 yilgi sovrindorlari ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar qilmoqda.

Prezidentning 2019 yil 13 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5781-sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi 433-sonli qarori bilan “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni ta'sis etildi.

Ushbu ko‘krak nishoni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5781-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan davlat organlari, jamoat tashkilotlari, tadbirkorlik sub'yektlari, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda chet eldagi vatandoshlarni rag‘batlantirish maqsadida ta'sis etildi.

Ko‘krak nishonning 2020 yilgi sovrindorlari: 

1. Mahmud Abdullayev – Janubiy Koreyadagi “LAZZAT” o‘zbek restorani rahbari;
2. Badak Sadik – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining shtatdan tashqari maslahatchisi;
3. Amina Bekjonova – “MUINAK TOUR” MChJ direktori;
4. Gulmurod Zarifullayev – “Sintobiston” oilaviy mehmon uyi rahbari;
5. Shuhrat Ibragimov – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Surxondaryo viloyatidagi hududiy boshqarmasining Marketing va turizm muayyan turlarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i;
6. Doniyor Qodirov – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining turizm va transport obektlarida xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha o‘rinbosari – Polkovnik;
7. Kiyosi Kurosava  – Yaponiyalik kinorejissyor, ssenarist, yozuvchi va pedagog;
8. Ilhom Mahkamov – Transport vazirning birinchi o‘rinbosari;
9. Alisher Nazirov – O‘zbekiston “Hunarmand” uyushmasi Farg‘ona viloyati Rishton tumani bo‘limi a'zosi, kulol;
10. Murodulla Saydaminov – Orient Voyage sayyohlik firmasi bosh direktori;