Vazirlik matbuot xizmati vazirlik huzuridagi Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi, Toşkent davlat stomatologiya instituti rektori Nodir Haydarov bilan suhbatda koronavirusning qanday bosqiçlari borligi, kasallikning qaysi darajalarida uy şaroitida davolaniş mumkinligi töğrisidagi savollarga javob oldi.
— Koronavirusning bugungi kunda beş xil turli darajalari mavjud:
- Simptomsiz
- Yengil
- Örta oğir
- Oğir
- Öta oğir
1. Simptomlarsiz darajasi — bunda xastalik sezilarsiz belgilar beradi. Masalan, bir-ikki marta tanada holsizlik, noqulaylik tuyilişi, yo bölmasa bir marta tana harorati 37 darajaga çiqişi holati yuz berişi mumkin. Ammo uşbu holatda PZR-tekşiruvidan ötganda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlanişi mumkin.
2. Yengil daraja — harorat 38 darajagaça kötarilişi, tomoq qiçişi, vaqti-vaqti bilan yötal hamda tanadagi holsizlik, böğimlar qaqşaşi kuzatiladi.
Qayd etilgan uşbu ikki bosqiçda uy şaroitida oilaviy poliklinika şifokori bilan hamkorlikda, ya'ni ularning tavsiyalari asosida davolaniş mumkin.
3. Örta oğir daraja — bunda yuqorida qayd etilgan belgilar kuçaygani uçun bemorning şifoxonaga yotqizilişi tavsiya etiladi. Bunday bemorlarga qat'iy tartibdagi davolaniş çoralari va doimiy mutaxassislar nazorati kerak böladi.
Şuningdek, xavflilik darajasi yuqori bölgan kişilar: ya'ni bemorlarning yoşi 50-60 va undan katta bölganda yoki virusga çalingan kişining yondoş kasalliklari bölsa, homilador ayollar va bolalarda koronavirus aniqlansa, ularga örta oğir daraja belgilanib statsionar davolaş uslubi qöllanadi.
4. Oğir daraja — bunda bemorlarda yuqoridagi belgilar yaqqol namoyon bölişi bilan birga nafasning ötkir yetişmovçiligi, ruhiyat özgarişi, xususan, ölim talvasasi hamda barça a'zolarida virusning ta'siri sezila boşlaydi. Uşbu holatda ham statsionar davolaş yölidan foydalaniş zarur.
5. Kasallikning öta oğir darajasida esa, bemorlar şifoxonalarning jonlantiriş bölimlarida davolanişi kerak.












