Vazirlik huzuridagi Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi, Toşkent davlat stomatologiya instituti rektori Nodir Haydarov uy şaroitida davolaniş jarayonida bemorlarda tuğiladigan eng muhim savollarga javob berdi.

—  Nega Covid-19 bilan kasallanganlarni davolaş böyiça körsatmalar, tavsiya etilayotgan dori-darmonlarning turlari özgarib turibdi?

—  Ayni paytda mamlakatimizda koronavirus bilan kasallanganlarni davolaş böyiça vaqtinçalik körsatmalarning yettinçi naşri amal qilmoqda. Bundan oldin davo muolajalarining oltita naşri e'lon qilingandi. Vaqt ötişi, virus mutatsiyaga uçraşi hamda uning özini namoyon etişi evolyutsiyaga uçramoqda. Buning natijasida davolaş standartlari ham özgarib bormoqda. Masalan, oldingi naşrga binoan yengil va örta oğir darajadagi bemorlarga tavsiya qilingan dorilar hozirda butun dunyoda bölgani kabi bizda ham mutaxassislar fikri inobatga olinib, maxsus körsatmaga binoan ayrim bemorlargagina beriladigan böldi.

Virusning har bir mintaqa, har bir iqlimda öziga xos mutatsiyaga uçraş holati kuzatilmoqda. Buyuk Britaniya yoki AQŞning iqlim şaroiti biznikidan tubdan farq qilgani uçun ularning tavsiyalari doim ham bizga mos kelavermaydi. Şuningdek, hozirda bemorlarga virusga qarşi «Favipiravir» preparati tavsiya etilmoqda. «Favipiravir» («Avigan») dori vositasi Afrikadagi Ebola virusiga qarşi özining ijobiy ta'sirini körsatgan. Şu bois, virusga qarşi samaradorligi isbotlangan «Favipiravir»ni koronavirusning yengil darajalarida faqat şifokor tavsiyasi asosida qabul qiliş ham mumkin.
 
— Odamlar orasida koronavirusdan uy şaroitida davolanayotganda isiriq tutatiş foydali ekani, bemorning tez-tez oğiz-burnini tuzli, sirkali suv bilan çayib turişi virusni zararsizlantirişi haqida gap-sözlar yuribdi, şu töğrimi?

— Koronavirusning zaharli ta'sirini kamaytiriş uçun doimiy ravişda iliq suv bilan oğiz burun böşliğini namlantirib turiş foyda beradi. Bunda suvga oz miqdorda tuz ham soliş zarar qilmaydi. Ammo sirkadan foydalaniş xavfli. Toza holatdagi sirka bilan burun va oğiz böşliğini çayiş, uning şilliq qavati şikastlanişiga sabab böladi. Bu esa şilliq qavatdagi virus va infeksiyalarni uşlab qoliş jarayonining sustlaşişi va butunlay töxtaşiga olib keladi. Natijada virusli kasalliklarni tez va oson yuqtirib oliş holati röy beradi. Bu esa virusning töğridan töğri öpkaga ötib, uni köproq zararlaşiga sabab böladi. Isiriqning koronavirusga qarşi samarasi esa ilmiy jihatdan isbotlanmagan. Ammo foydalaniş zarar qilmaydi.