Navoiy viloyat hokimligi «Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyasi buyurtmasi bilan viloyatda 2020 yilgi Investitsiya dasturi ijrosini ta'minlaş doirasida 30 ta ijtimoiy soha obektlarida quriliş-montaj işlari olib borilgan.

Bu maqsadlar uçun 77,6 milliard söm mablağ sarflanişi közda tutilgan bölib bugungi kungaça rejalaştirilgan işlar nihoyasiga yetkazilgan. Natijada bu yil zamonaviy maktab talabiga javob beradigan 7 ta umumta'lim maktabi foydalanişga topşirilib, minglab yoşlarimizning sifatli talim oliş imkoniyati oşdi.

Şuningdek, 10 ta soğliqni saqlaş obektlari foydalanişga topşirilişi va zamonaviy tibbiy jihozlar örnatilganligi sababli bemorlarning respublika şifoxonalariga murojaat qilişlari keskin kamaymoqda. Ikkinçi tomondan, viloyatning özidagi tibbiy muassasalarda davolaniş aholi uçun yaqin va qulay hamdir.

Bundan taşqari, yoğingarçiliklar tufayli aholini sel xavfidan himoya qiliş maqsadida 9 ta alohida inşootda quriliş-ta'mirlaş işlari yakunlandi.

Navoiy şahridagi 3-sonli 250 qatnovli oilaviy poliklinika binosining qurilişi yuqoridagi qurilişlardan bir misol. 151-sonli QMP tomonidan qurilgan obektning umumiy qiymati 4 mlrd 53 mln sömni taşkil etadi. Navoiy şahridagi 110 örinli, 55 qatnovli viloyat teri tanosil kasalliklari dispanseri ham şu yil foydalanişga topşirilgan obektlardan biri. Uning qurilişiga 18,3 mlrd söm sarflangan.

Şuningdek, Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasi mablağlari hisobidan kompaniyamiz tomonidan 38 mlrd 82 mln sömlik quriliş-montaj, ta'mirlaş işlari bajarilib, 10 ta umumta'lim maktablari va 1 ta tibbiyot muassasasi foydalanişga topşirildi.

Masalan, Navbahor tumanidagi 24-sonli maktab rekonstruksiya qilinib, qöşimça 160 örinli öquv blogi qurildi. Buning uçun pudratçi taşkilot «Bahrombek kelajagi» MÇJ tomonidan quriliş işlari olib borilib, 2 mlrd 28 million söm sarflandi.