13:14 / 07.01.2021
4110
O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari soni 13taga ortdi

2021 yil 5 yanvar holatiga O‘zbekistonda jami fuqarolar yig‘inlari soni 13taga ko‘payib, 9 168tani (2020 yil 1 noyabr holatiga 9 155ta) tashkil etmoqda. Bu haqda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot xizmati vakili Arofat Soliyeva Kun.uz’ga xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, jami fuqarolar yig‘inlaridan 43tasi shaharcha, 95tasi qishloq, 161tasi ovul, 8 869tasi esa mahalla fuqarolar yig‘inini tashkil etadi.

Shuningdek, jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan mahallalar 10tani, qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh hamda anklav hududda joylashgan mahallalar 574tani, harbiy shaharchalarda joylashgan mahallalar 11tani tashkil etmoqda.

«Joriy yil 5 yanvar holatiga Sirdaryo viloyatida 1ta (Xovos tumanida «Nurli kelajak»), Toshkent viloyatida 9ta (Yangiyo‘l shahrida «Lazzat», «Qovunchi tepa», «Yangiobod», Chinoz tumanida «Humo», «Tillaobod», Bekobod tumanida «Mustaqillik», «Istiqbol», «Dalvarzin» Yangiyo‘l tumanida «Ibrat») Samarqand viloyatida 3ta (Nurobod tumanida «Ittifoq», «Chortut», Narpay tumanida «Bo‘ston») fuqarolar yig‘inlari yangi tashkil etildi.

Shuningdek, davlat budjetidan moliyalashtirilmagan holda jamoatchilik asosida (oylik ish haqisiz) faoliyat yuritib kelayotgan Toshkent viloyatidagi bitta mahalla (Chinoz tumani «Tillatopgan») fuqarolar yig‘ini budjetdan moliyalashtirildi.

Bundan tashqari, senat qaroriga asosan O‘rta Chirchiq tumanidagi «Jaloir», «Gulzor», «Xo‘jauchqun», Yangiyo‘l tumanidagi «Chortoq», Zangiota tumanidagi «Toshkent» mahallalari Toshkent shahar Yangihayot tumani tarkibiga o‘tkazildi.

Hozirgi kunda respublika bo‘yicha 10ta fuqarolar yig‘ini davlat budjetidan moliyalashtirilmagan holda jamoatchilik asosida (oylik ish haqisiz) faoliyat yuritib kelmoqda. Ular Andijonda 1ta, Samarqandda 2ta, Surxondaryoda 2ta, Toshkent viloyatida 5tani tashkil etmoqda», – deyiladi xabarda.

Top