Ilk bor fazoga faqat oddiy fuqarolardan iborat ekipaj jo‘natiladi

Foto: NASA
AQShning SpaceX kompaniyasi Inspiration 4 fazoviy missiyasi doirasida tarixda ilk bor to‘liq oddiy fuqarolardan tashkil topadigan ekipajni shakllantirishni yakunladi.
30 mart kuni kompaniyaning Crew Dragon fazoviy kemasida orbitaga parvoz qilajak ekipaj a'zolarining to‘liq ro‘yxati e'lon qilindi. E'tiborlisi, ushbu ekipaj a'zolari orasida birorta professional fazogir yo‘q.
Orbitaga ekipajga sardorlik qiladigan tadbirkor Jared Ayzekman bilan birga 29 yoshli Xeyli Arseno, 51 yoshli ayol tadbirkor Sian Proktor va Lockheed Martin kompaniyasi xodimi, sobiq harbiy uchuvchi — 41 yoshli Kristofer Sembroski yo‘l oladi.
Bo‘lajak missiya davomida Arseno bort shifokori, Proktor kema uchuvchisi, Sembroski esa bortmuhandis sifatida faoliyat yuritadi.
Kema sardori — 38 yoshli Jared Ayzekman Shift4 Paymens kompaniyasi asoschisi va havaskor uchuvchi hisoblanadi. U missiyaga ketadigan mablag‘ni to‘liq o‘zi qoplaydi. Biroq missiya qiymati oshkor qilinmagan.
Ayzekman fazoga parvozidan AQShning Memfis shahridagi St. Jude Children's Research Hospital bolalar shifoxonasi uchun 200 mln dollar xayriya yig‘ish maqsadida foydalanmoqda. Fevralda e'lon qilingan xayriya doirasida shifoxona uchun eng ko‘p pul ehson qiladigan istalgan odam ekipaj a'zosi bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilingandi. Ayni vaqtda 113 mln dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘lingan.
Ayzekmanning aytishicha, yig‘ilishi kutilayotgan xayriya mablag‘lari missiya qiymatidan ancha ko‘proqni tashkil qiladi.
Crew Dragon’ning ekipaji to‘liq oddiy fuqarolardan tashkil topadigan birinchi tijoriy parvozini 2021 yil 15 sentyabrdan keyin amalga oshirish rejalashtirilgan.
Parvoz oldidan ekipajning barcha a'zolari SpaceX’da puxta tayyorgarlikdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
Fazoviy kema orbitaga Falcon 9 raketasi yordamida uchiriladi. Missiya 540 km balandlikda 3 kun davom etadi. Shundan keyin Crew Dragon Florida sohillari yaqinida dengizga tushiriladi.
“Bu barcha uchun koinotni ochish yo‘lidagi muhim davrdir”, — deb izoh bergan missiyaga SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tesla aksiyalari xavotirli ko‘rsatkichgacha pasaydi
Jahon | 21:00
-
Tashqi qarz miqdori: xalqaro tavsiyalar va joriy vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:44
-
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji
Jahon | 20:43
-
Xorazmda 7-sinf o‘quvchisi tungi klubda raqqosalik qilayotgani aniqlandi
Jamiyat | 20:42
Mavzuga oid

23:25 / 13.04.2025
NYT: Mask departamenti AQSh budjeti xarajatlarini qisqartirishdagi o‘z muvaffaqiyatini oshirib ko‘rsatmoqda

18:10 / 11.04.2025
Ilon Maskda muammolar: uning biznesi zarar ko‘rmoqda, Tramp bilan esa ilk kelishmovchilik chiqqan

18:28 / 10.04.2025
OpenAI Ilon Maskning «doimiy bosimlari» sabab sudga da’vo kiritdi

18:22 / 10.04.2025