Mehmonxonalarga subsidiyalar beriş muddati 2023 yilning 31 dekabrigaça uzaytirildi, deya xabar bermoqda “Turizm huquqiy axborot kanali”.
Muddati uzaytirilgan subsidiyalar qanday mehmonxonalarga beriladi?
3 yulduzli toifa uçun 50ta xonadan kam bölmagan va 4 yulduzli toifa uçun 100ta xonadan kam bölmagan xonalar fondiga ega mehmonxonalar subsidiyalanadigan mehmonxonalar hisoblanadi.
Belgilangan tartibda subsidiya qanday ajratiladi?
Agar mehmonxonalar 3 yulduzli (50ta xonadan kam bölmagan) va 4 yulduzli (100ta xonadan kam bölmagan) toifaga kirsa va 2023 yil 31 dekabrgaça foydalanişga topşirilgan taqdirda belgilangan tartibda subsidiyalanadi.
Subsidiya oliş uçun investorlardan nima talab qilinadi?
Investorlar subsidiya oliş uçun hujjatlarni topşiriş sanasida Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq va boşqa majburiy tölovlar böyiça qarzi bölmasligi va bankrotlik va tugatiş jarayonida bölmasligi talab qilinadi.
Subsidiyalar miqdori qança?
- 3 yulduzli mehmonxonalarning har bir xonasi uçun 40 million söm;
- 4 yulduzli mehmonxonalarning har bir xonasi uçun 65 million söm.
Subsidiyalar beriş tartibining qonuniy asosi qanday?
Mehmonxonalarni quriş va jihozlaş uçun investorlar xarajatlarining bir qismi davlat budjetidan qoplanişi prezidentning «Turizm tarmoğini jadal rivojlantirişga oid çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorida nazarda tutilgan. Qarorda investorlar xarajatlarining bir qismini davlat budjetidan moliyalaştiriş miqdori qöşimça ravişda taşkil etilayotgan xonalar soni 50 mingtaga yetgunga qadar subsidiyalaş belgilangandi.
Subsidiya oliş masalasi böyiça qayerga murojaat qiliş lozim?
Investorlar subsidiya ajratiş va moliyalaştiriş masalasi böyiça Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasiga murojaat qilişlari lozim.
















