NATO harbiy qömitasi rahbari, aviatsiya boş marşali Styuart Piç işçi taşrif bilan Kiyevga keldi. Bu haqda Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, u Lvov şahrida Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni, general-polkovnik Ruslan Xomçak bilan uçraşdi. Uçraşuv davomida Donbassdagi vaziyat va mintaqadagi xavfsizlik masalalari muhokama qilindi.
Styuart Piç NATO Ukrainani qöllab-quvvatlaşda davom etişini ta'kidlagan.
Ötgan haftada Ruslan Xomçak Rossiya bölajak “Ğarb 2021” harbiy maşğulotlariga tayyorgarlik bahonasi ostida Ukraina bilan çegaraga – Bryansk va Voronej oblastlari hamda Qrimga qöşinlarini joylaştirayotganini aytgandi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning sözlariga köra, “Rossiya mamlakat hududi içida qöşinlarini köçirişga haqli, bu boşqa mamlakatlarga nisbatan tahdid uyğotmaydi”.













