Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dushanbe va Toshkent Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifiga tayyorgarlikni boshladi – OAV
Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 24 aprel kuni Xo‘jandda Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘zbek-tojik hamkorligi masalalarini muhokama qiladi.
Bugun, 21 aprel kuni Dushanbega O‘zbekiston iqtisodiy bloki vazirlari o‘rinbosarlaridan iborat hukumat vakillari guruhi tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda «Aziya-Plyus» Tojikiston hukumatidagi manbasiga asoslanib.
"Mehmonlar tojik hamkasblari bilan O‘zbekiston rahbarining Dushanbega tashrifi yakuni bo‘yicha imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlar loyihalarini tayyorlashni boshlaydi", - degan manba.
Shuningdek, ikki davlat hukumat delegatsiyalari Dushanbe va Toshkentning yaqin istiqbolga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.
Xabarda aytilishicha, Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 24 aprel kuni Xo‘jandda uchrashuv o‘tkazadi. Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘zbek-tojik hamkorligi masalalari muhokama qilinadi.
Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan 10-12 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Dushanbeda bo‘lishi xabar qilingandi.
Shavkat Mirziyoyev 2018 yil mart oyida, so‘ng 2018 yil sentyabr oyining oxirida (MDH Davlat rahbarlari kengashining Dushanbedagi yig‘ilishi), 2019 yil 14 iyunda (Osiyoda o‘zaro hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha konferensiyaning beshinchi sammitida ishtirok etish uchun) Tojikistonga davlat tashrifi bilan borgan edi.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
18:31 / 28.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi harbiy paradda ishtirok etadi
17:40 / 28.08.2025
«Mana shu 30 yillikda yopiq davlat sifatida turganmiz» – muftiy O‘zbekistonning xalqaro aloqalari kengayayotgani haqida
21:09 / 27.08.2025