Davlat soliq qömitasi elektron xizmat körsatuvçi xorijiy kompaniyalarning 2021 yil I çorakda davlat budjetiga soliq tölovlari haqidagi ma'lumotlarni e'lon qildi.

2021 yil 1 aprel holatiga köra, respublikada elektron xizmat körsatuvçi 26ta xorijiy kompaniya röyxatga olingan bölib, ular joriy yilning I çoragida davlat budjetiga 4,3 milliard söm soliq tölagan.

Şuningdek, ötgan yil davomida Özbekiston budjetiga bir qança maşhur kompaniyalar, xususan, Facebook 5,9 milliard, Google 3,4 milliard, Apple 1,9 milliard, Netflix 190 million, Booking.com 181 million, Yandex 136 million söm miqdorida soliq tölagan.

Avvalroq, 2020 yildan boşlab Özbekiston Respublikasi hududida jismoniy şaxslarga xizmatlarni elektron şaklda taqdim etadigan xorij kompaniyalari uçun qöşilgan qiymat soliği (QQS) tölaş tartibi joriy etilgandi.