Toşkent şahar Yunusobod tuman davlat soliq inspeksiyasi katta inspektori mahalliy MÇJ ta'sisçisidan 3,5 ming AQŞ dollari miqdorida pora olgan vaqtida uşlandi.

Aniqlanişiça, mazkur mansabdor şaxs uşbu pul evaziga MÇJda amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan kameral tekşiruvda ijobiy xulosa berilişini va'da qilgan.

Tezkor tadbir DXX Toşkent şahar boşqarmasi hamda şahar prokuraturasi va departament tomonidan ötkazilgan.

Videodan kadr

Andijon viloyati Buloqboşi tuman davlat soliq inspeksiyasi boş inspektori 15 mln söm olgan vaqtida uşlandi.

U mahalliy fuqaroga tegişli bölgan 33 sotix yer maydonining aslida soliqdan qarzdorligi bölmasa-da, 30 mln söm qarzi borligini aytib, uşbu qarzdorlikni bartaraf qilib beriş evaziga 15 mln söm talab qilgan.

Buloqboşi tuman DSI boş inspektori
Videodan kadr

Tezkor tadbir DXX Andijon viloyati boşqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining hududiy boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Namangan va Jizzaxda ikki nafar hokim örinbosari qölga olingani xabar qilingandi.