Agentlikning ijod maktablari bilan işlaş boşqarmasi boşliği Said Aşirov joriy öquv yilida ijod va ixtisoslaşgan maktablarga qabul jarayonlari va öqiş jarayonlarida yuz beradigan özgarişlar haqida ma'lumot berdi. Qayd etilişiça, mazkur maktablarga 7-sinfdan öquvçilar qabul qilinadi.

“2017 yilda ijod maktablari taşkil etilgan paytda öquvçilar soni 30 nafardan edi. Hukumat qarori bilan endilikda öquvçilar soni 20 nafarga tuşirildi. Bu yangi sinflar taşkil etilişiga sabab böladi. Sinflardan 10 nafardan öquvçilar olinib, alohida yangi sinflar taşkil qilinadi. Hujjatlarni qabul qiliş ham bu yildan sinov tariqasida onlayn tarzda yölga qöyiladi va ijod maktablarining özida ham hujjat qabul qiliş markazlari taşkil etiladi”, deya ta'kidladi boşqarma boşliği.

Hozirda respublikada 9ta ijod va ixtisoslaşgan maktablar bölsa, 2025 yilga kelib bu maktablar sonini 33taga yetkaziş rejalaştirilgan. Ularda ijodning boşqa yönalişlarida ham ta'lim beriş yölga qöyiladi. Şuningdek, öquvçi öz xohişidan kelib çiqib boşqa hududdagi ijod maktabiga hujjat topşirişi mumkin. Ijod maktablarining 8tasida uzoq hududdan kelib öqiydigan bolalar uçun yotoqxonalar mavjud.

 Ma'lumot uçun, ijod maktablari respublikaning 9ta hududida bosqiçma-bosqiç taşkil etilgan bölib, ular:

  • Nukus şahrida Ibroyim Yusupov nomidagi xorijiy tillarni öqitişga ixtisoslaştirilgan ijod maktabi;
  • Qarşi şahrida Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyot fanini çuqurlaştirib öqitişga ixtisoslaştirilgan ijod maktabi;
  • Jizzax şahrida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyot fanini çuqurlaştirib öqitişga ixtisoslaştirilgan ijod maktabi;
  • Andijon şahrida Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyot fanini çuqurlaştirib öqitişga ixtisoslaştirilgan ijod maktabi;
  • Töraqörğon tumanida Işoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarni öqitişga ixtisoslaştirilgan ijod maktabi;
  • Marğilon şahrida Erkin Vohidov nomidagi xorijiy tillar hamda ona tili va adabiyot fanini öqitişga ixtisoslaştirilgan ijod maktabi;
  • Toşkent şahrida Abdulla Qodiriy nomidagi ona tili va adabiyot fanini çuqurlaştirib öqitişga ixtisoslaştirilgan ijod maktabi;
  • Xiva şahrida Muhammad Erniyozbek öğli Ogahiy nomidagi ona tili va adabiyot fanini çuqurlaştirib öqitişga ixtisoslaştirilgan ijod maktabi;
  • Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyot fanini çuqurlaştirib öqitişga ixtisoslaştirilgan ijod maktabi .