Ikki hafta davomida, ya'ni joriy yilning 28 iyunidan 12 iyuliga qadar Toşkent şahriga qöşni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali öta zarurat bölmagan hollarda kiriş taqiqlanadi.
Kun.uz muxbirining Transport vazirligi axborot xizmati orqali aniqlaşiça, Toşkentga kirişda örnatilgan çeklovlar aviaqatnovlar va temir yöl xizmatiga tegişli emas.
“Özbekistonning barça viloyatlaridan poytaxtga kirişda aviaqatnovlar hamda temir yöl qatnovlari bekor qilinmagan. Uşbu transport vositalarida barça sanitariya va epidemiologiya tartib-qoidalariga amal qilgan holda qatnovni amalga oşiriş mumkin”, deya ma'lum qildi vazirlik axborot xizmati.
Şuningdek, Toşkent şahriga kirişda çeklov quyidagi holatlarga tatbiq etilmaydi:
- Toşkent şahrida doimiy yaşovçi (röyxatdan ötgan) şaxslarga;
- Toşkent şahrida doimiy yaşovçi (röyxatdan ötgan) çet el fuqarolariga;
- davolaniş uçun taşrif buyurayotgan şaxslarga;
- Toşkent şahrida doimiy faoliyat körsatuvçi hududlardan keluvçi şaxslarga (iş joyi töğrisida tasdiqlovçi hujjat bölgan taqdirda);
- Toşkent xalqaro aeroporti orqali xorijiy mamlakatga uçib ketuvçi şaxslarga (aviaçipta bölgan taqdirda);
- Özbekiston Respublikasiga turist bölib kelgan çet el fuqarolariga va ularni olib kelayotgan avtotransport vositasining haydovçisi hamda agar guruhli jamoa bölsa, tarjimon yoki turistik firma vakiliga;
- barça turdagi yuk taşiş, şuningdek, quriliş materiallari (qum, şağal va boşqalar) bilan boğliq hollarda, yetiştirilgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini har qanday avtotransport vositalarida hamda «Özbekiston poçtasi» AJning poçta jönatmalarini taşiş bilan boğliq hollarda;
- soğliqni saqlaş tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga.













