Bugun, 20 iyul kuni dunyoning eng badavlat kişisi Jyeff Bezos özi asos solgan Blue Origin kompaniyasining New Shepherd kemasida kosmosga muvaffaqiyatli parvozni amalga oşirdi.

AQŞning Texas ştatida amalga oşgan parvoz mahalliy vaqt bilan tong soat 09:10da (Toşkent vaqti bilan 18:10) boşlanib, 10 daqiqa-yu 18 soniya davom etdi.

Bu vaqt davomida raketa tört kişi joy olgan kapsulani quyi orbitaga olib çiqdi. Şundan söng avvaliga raketa belgilangan nuqtaga qaytib qöndi, ma'lum muddat vaznsizlik holatida bölgan kapsula birozdan keyin paraşyut yordamida yerga qaytib tuşdi. Har ikkala qöniş ham muvaffaqiyatli böldi.

Jyeff Bezos bu parvozni 20 yildan ortiqroq kutdi: u Blue Origin kompaniyasiga 2000 yilda asos solgan. “Apparat tayyor, ekipaj şay holatda, jamoamiz şunçaki qoyilmaqom. Hammamiz barçasi a'lo bölişiga işonçimiz komil”, – dedi Bezos parvozdan oldin.

Kema ekipaji milliarderdan taşqari uning ukasi Mark; aviakosmik sanoat faxriysi – kosmik parvozlar böyiça tarixdagi birinçi ayol instruktor, 82 yoşli Uolli Fank va niderlandiyalik 18 yoşli student Olive Deymandan iborat böldi. Olivega kosmosga uçiş çiptasini milliarder otasi auksionda sotib olib bergan.

Foto: CNN

Xorij OAVlari entuziast-milliarderlar örtasida fazoni zabt etiş poygasi boşlanganini yozmoqda. Bundan bor-yöği 9 kun oldin britaniyalik Riçard Brenson özining Virgin Galactic kompaniyasi kemasida dengiz sathidan 90 km balandlikka çiqqandi, bugun Bezos uni kamida 10 km masofaga ortda qoldirdi.