Özbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 million dozasi olib kelindi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi.
Özbekistonga 5 avgust kuni ham özbek-xitoy vaksinasidan 1 million doza olib kelingandi. Şunday qilib, Özbekistonga keltirilgan jami vaksina 14 million 580 ming 60 dozani taşkil qilmoqda.
Ulardan:
- 370 ming dozasi «Sputnik V»,
- 710 ming dozasi AstraZeneca,
- 10,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
- 3 million 60 dozasi Moderna vaksinasidir.
5 avgust kuni emlaşlar miqdori 426 ming dozadan ortib, kunlik vaksinatsiya böyiça rekord örnatildi. Şu kunga qadar 9 million dozadan ortiq vaksina emlaş jarayonlarida qöllangan.













