13:46 / 24.08.2021
2126
To‘rtko‘lda IIB xodimlari aka-ukani kaltaklagani aytilmoqda
Foto: KUN.UZ

To‘rtko‘l tumani IIB xodimlari 2 erkakka kuch ishlatib, jarohat yetkazgani haqida xabarlar tarqaldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi axborot xizmati holat yuzasidan ma'lumot berdi. 

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat bo‘yicha To‘rtko‘l tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Holat bo‘yicha To‘rtko‘l tumani IIB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi va fuqaro R.J.ga yetkazilgan tan-jarohati bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur tergovga qadar tekshiruv harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qoraqalpog‘istonda yosh tadbirkorni IIB xodimlari kaltaklagani haqidagi xabarga izoh berilgandi.

Top